
Talabalarning malakaviy amaliyoti mazmunli davom etmoqda
2022-yilning 7-fevralidan boshlab Amaliy filologiya fakulteti 1-kurslarning barcha taʼlim yoʻnalishlari, 2-kurslarning oʻzga tilli guruhlarda oʻzbek tili, 14-fevraldan boshlab 3-kurslarning oʻzga tilli guruhlarda oʻzbek tili taʼlim yoʻnalishi talabalari malakaviy amaliyotni oʻtashmoqda.
Xususan, 1-kurs noshirlik ishi yoʻnalish talabalari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligida, “AKADEMNASHR” xususiy nashriyotida, “Maʼnaviy hayot” jurnali tahrirriyatida, “Soft-Plus” xususiy korxonasida, Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetidagi “NOSHIRLIK.UZ” laboratoriyasida, Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi “Davlat tilida ish yuritish asoslarini oʻqitish va malaka oshirish” markazida, OʻzR VM huzuridagi Oʻzbek tilini rivojlantirish jamgʻarmasida; 1-kurs amaliy filologiya yoʻnalishi talabalari OʻzR Ichki ishlar vazirligi IIV Ekspert-kriminalistika bosh markazida, OʻzR Adliya vazirligi huzuridagi X.Sulaymonova nomidagi sud-ekspertiza markazida; 1-kurs matnshunoslik va adabiy manbashunoslik yoʻnalishi talabalari Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyida; 1-kurs oʻzga tilli guruhlarda oʻzbek tili yoʻnalishi talabalari Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti qoshidagi akademik litseyda, Toshkent shahri Mirobod tumanidagi 83-, 328-maktablarda, Yakkasaroy tumanidagi 48-, 127-maktablarda, 1-kurs kompyuter lingvistikasi yoʻnalishi talabalari Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetidagi Axborot texnologiyalari markazida, Kompyuter lingvistikasi laborotoriyasida, Kompyuter lingvistikasi ilmiy-tadqiot markazida malakaviy amaliyotni oʻtashmoqda.
Oʻzga tilli guruhlarda oʻzbek tili 2-kurs talabalari Toshkent shahri Mirobod tumanidagi 56-, Yakkasaroy tumanidagi 160-, 91-, 135-rusiyzabon maktablarda malakaviy amaliyotni oʻtashayotgan boʻlsa, Oʻzga tilli guruhlarda oʻzbek tili 3-kurs talabalari Olmazor tumanidagi 249-, Mirobod tumanidagi 158-, 94-, 110- maktablarda malakaviy amaliyotni oʻtashmoqda.
Fakultet rahbariyati va professor-oʻqituvchilari (amaliyot rahbarlari) amaliyotchi-talabalar bilan muntazam aloqada boʻlib, darslarda oʻtilgan nazariy mavzularni amaliyotga tatbiq qilish, oʻz sohasi boʻyicha amaliy koʻrinmalarni shakllantirish yoʻllari borasida fikr almashib turishibdi. Jumladan, 2022-yil 3-mart kuni fakultet dekani S.Muhamedova va Amaliy filologiya kafedrasi professori G.Asilovalar 3-kurs talabalari amaliyotini oʻtayotgan Toshkent shahri Mirodob tumanidagi 158-istisoslashtirilgan maktabga borib, talabalar tomonidan tashkil qilingan ochiq darslar va ularning muhokamasida qatnashib qaytishdi. S.Muhamedova maktab rahbariyati bilan suhbatlashar ekan, maktab zavuchi ToshDOʻTAU talabalari ularga juda maʼqul kelishgani va 2 nafar talabaning ishga taklif qilingani haqida soʻzlab berdi. Shuningdek, universitet va maktab oʻrtasidagi hamkorlik rejalari haqida kelishib olindi.