Yangiliklar

img
Wed, 05/14/2025 - 20:26

Talabalarning jismoniy tayyorgarligi sinovdan oʻtkazildi

2025-yil 14-may kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Sport-sog‘lomlashtirish markazida talabalar o‘rtasida “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport sinovlari o‘tkazildi. Mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 16-iyuldagi PQ–5148-son qarorida belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlash, yoshlar orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va jismoniy faollikni oshirish maqsadida tashkil etildi.

Sport sinovlari davomida voleybol, basketbol, gandbol, shaxmat, shashka, kurash, yengil atletika (100 metrga yugurish va uzunlikka sakrash) hamda mini futbol kabi sport turlari bo‘yicha bahslar olib borildi.

Tadbir so‘ngida eng yaxshi natija ko‘rsatgan jamoalar va ishtirokchilar hakamlar hay’ati tomonidan aniqlanib, faxriy yorliqlar, esdalik sovg‘alari hamda universitet rahbariyati tomonidan rag‘batlantiruvchi mukofotlar bilan taqdirlandilar.