Yangiliklar

img
Tue, 04/30/2024 - 19:19

Talabalarning an’anaviy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Ilmiy tadqiqotlar va ilmiy-pedagog kadrlar bo‘limi, Yosh filolog olimlar kengashi tomonidan 2024-yil 30-aprelda “Til va adabiyot: ilmiy va amaliy izlanishlar yo‘lidagi ilk odimlar” mavzusida ilmiy-amaliy anjumani o‘tkazildi. Mazkur konferensiya 2016-yildan boshlab, an’anaviy arzda tashkil etib kelinadi. Joriy yilda anjuman tilshunoslik, adabiyotshunoslik, jahon adabiyoti, qiyosiy adabiyotshunoslik va tarjimashunoslik, o‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish metodikasi, amaliy filologiya, folklorshunoslik va shevashunoslik singari sho’balarda ish olib bordi. Konferensiya ishida 400 ga yaqin maqolalar ichidan saralab olingan 150 nafar iqtidorli yosh tadqiqotchilar qatnashdilar. Xususan GulDU, O‘zMU, TDPU, NamDU va boshqa OTMlarning iqtidorli yoshlari ishtirok etdi. Shuningdek, konferensiyada o‘z tabrik nutqlari bilan universitet Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Odina Jamoldinova, filologiya fanlari doktori, professor Bahodir Karimov, filologiya fanlari nomzodi, dotsent Iroda Azimova, Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sovrindori, universitet tayanch doktoranti Sadoqat Ergasheva nutq soʻzladilar va yosh tadqiqotchilarga ilmiy ish mavzusi dolzarbligi, manbalarning qanday tanlash usullari, tarjiimashunoslikni hozirgi kundagi ahamiyati haqida to‘xtalib o‘tdilar. Konferensiya sho‘ba moderatorlari tomonidan sho‘bada ishtirok etgan yosh tadqiqotchilar maqolalari orasidan “Eng dolzarb mavzudagi maqola”, “Eng yaxshi ilmiy asoslangan maqola”, yo‘nalishlarida e‘tirof etilgan talabalar alohida sertifikat bilan taqdirlandi.