Yangiliklar

img
Fri, 05/24/2024 - 11:51

Talabalarimizdan peshqadamlar safida

23-may kuni poytaxtimizdagi "Navro'z" bog'ida “Toshkent bitiruvchilari va talaba-yoshlari” loyihasi doirasida “Talaba-yoshlar gastronomik va pazandachilik festivali” o‘tkazildi. 
Ushbu festivalda Toshkent shahrida joylashgan OTM talabalaridan iborat jamoalar faol ishtirok etishdi. Jamoalar tarafidan respublikamizning ma'lum viloyati  madaniyati va urf-odatlarini tarannum etuvchi burchaklar tayyorlashdi. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo’ng’irotboy Sharipov poytaxt hokimi o‘rinbosari Durdona Rahimova hamrohligida oliy ta’lim muassasalari tomonidan namoyish etilgan hududlarning urf-odatlari, milliy qadriyat va an’analari bilan tanishdi.
Tadbirda qoraqalpoqcha kuy-qo‘shiqlar, vohaga xos mehmondo'stlik,  xorazmcha va surxoncha raqslar, vodiyning to‘y-tomoshalari haqiqiy bayramona kayfiyat ulashdi. 

 

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universitetiga Samarqand viloyati oshxonasi va urf-odatlarini namoyish etish topshirildi. Ushbu topshiriqni muvaffaqiyatli bajargan jamoamiz faxrli ikkinchi o'ringa loyiq ko'rildi. Talabalarimizni va ustozlarni tabriklaymiz!