Yangiliklar

img
Thu, 06/06/2024 - 17:04

Talabalarimiz xalqaro tanlovda ishtirok etsihdi

28-31 may kunlari A.S. Pushkin nomidagi rus tili va madaniyati markazining bir guruh faollari Moskva Davlat politexnika universitetida buyuk rus shoiri A.S. Pushkin yubileyiga bag'ishlab o'tkazilgan xalqaro tanlovda muvaffaqiyatli ishtirok etishdi. Tanlov onlayn shaklda o'tkazildi. "Chto v imeni tebe moem" tanlovida Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti talabasi Ortikova Mehrixon  2 - o'rinni qo'lga kiritdi. Shoirning serqirra ijodiga bag'ishlangan "Dusha moya - Rossiya" tanlovida Ro'ziqulov Elyorbek, Komilova Rayyonalar sovrindor bo'lishdi.   Jahon adabiyotiga munosib hissa qo'shgan shoir ijodiga bag'ishlangan tanlovlarda 34 davlatdan talabalar ishtirok etishdi.