Yangiliklar

img
Mon, 11/20/2023 - 13:47

Talabalarimiz Samarqandda

Turizm industriyasi, xususan ichki turizm yurtimiz iqtisodiyotining muhim tarmog‘i hisoblanadi. Mamlakatimizning har bir hududi o‘ziga xos turistik jozibaga ega. Qadim o‘tmishdan so‘zlovchi tarixiy yodgorliklarni ko‘rish, boy merosimizni o‘rganish  har bir kishida milliy o‘zlikni anglash, an’ana va qadriyatlarga hurmat tuyg‘usini shakllantiribgina qolmay, o‘z vatani tarixini bilishga, ajdodlar merosini o‘rganish orqali shu yurt farzandi ekanligidan faxr, g‘urur tuyg‘ularini rivojlantiradi. Shu nuqtayi nazardan O'zbek filologiyasi fakultetining 4-bosqich talabalari fakultet ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha dekan muovini S.Xalilov boshchiligida yurtimiz faxri - Samarqand shahriga sayohat qildilar. 
Dunyoning eng buyuk shoir va faylasuflari uni - qalb bog‘i, sharq durdonasi, dunyoning ko‘zgusi va hatto yer yuzi deb atashganlarida ham, ular bu go‘zal shaharning barcha go‘zalligi va boyliklarini tasvirlab berolmaganlar. XXI asr boshlarida shahar YUNESKOning Umumjahon merosi ro'yxatiga "Samarqand - madaniyatlar chorrahasi" nomi bilan kiritildi!
"Buyuk ipak yo‘lining markaziy shaharlaridan biri bo‘lmish Samarqandni tomosha qilar ekanmiz, bu ko‘hna shaharning sharqona ruhini his qildik", - deydi talabalar.