Yangiliklar

img
Tue, 03/18/2025 - 16:56

Talabalarimiz "Ma’rifat maydoni" tanlovining hududiy bosqichi g‘olibi

Joriy yilning 13-martidan 28-martigacha bo‘lib o‘tgan “Ma’rifat maydoni” ko‘rik-tanlovining hududiy bosqichi yakuniga yetdi. Ushbu nufuzli tanlovda oliy ta’lim muassasalari jamoalari bilimdonlik, badiiy mahorat va jamoaviy ishlash borasida o‘z salohiyatlarini namoyon etdilar.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi! Jamoamiz tanlov davomida chuqur bilim, ijodiy yondashuv va mustahkam jamoaviy birdamlikni namoyish etib, eng yuqori natijaga erishdi.
Mazkur bosqichda Yangi asr universiteti, Toshkent amaliy fanlar universiteti hamda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi jamoalari ham ishtirok etishdi. Barcha ishtirokchilar bilim va mahoratlarini sinovdan o‘tkazib, yuqori darajadagi raqobat muhitini yaratdilar.
Oldinda jamoamizni yanada mas’uliyatli sinovlar – mintaqaviy va respublika bosqichlari kutmoqda. Ularga tayyorgarlik jadal davom etmoqda va biz jamoamizning keyingi bosqichlarda ham munosib natijalar ko‘rsatishiga ishonamiz.

 

Universitet jamoamizni ushbu g‘alaba bilan tabriklaymiz! Keyingi bosqichlarda ham ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!