Yangiliklar

img
Tue, 04/30/2024 - 10:27

Talabalarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish usullari

Joriy yilning 27-aprel kuni Oʻzbek adabiyoti tarixi kafedrasi mudiri, professor Nurboy Jabborov tomonidan universitetimiz tyutorlari uchun   "Talabalarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish usullari",  "Kitob - yuksak maʼnaviyat, maʼrifat va tarbiya vositasi" mavzularida oʻquv seminarlari tashkil etildi. Seminarda tyutorlar talabalar bilan ishlashda kitoblardan qanday foydalanish yuzasidan kerakli maʼlumotlarni olishdi. Xususan, talablarni kitob mutolaasiga qiziqtirish, kitobxon yoshlarni rag'batlantirish, ijodkor talabalarni qo'llab-quvvatlash bo'yich amaxsusu tavsiyalar berdi.  Shu bilan tyutorlar uchun oʻquv seminarlari oʻz nihoyasiga yetdi.