
Talabalar xavfsizligi kuni
Oliy ta’lim tashkilotlarida har haftaning payshanba kuni “Talabalar xavfsizligi kuni” doirasida, shuningdek, Ichki ishlar vazirligi va Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 08.03.2025 yil kungi 15/11-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Alisher Navoiy nomidagi ToshDO‘TAUda talabalar bilan uchrashuv o‘tkazildi. Tadbirda Toshkent shahar IIBB Tezkor-qidiruv xizmati Terrorizmga qarshi kurashish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, podpolkovnik Ubaydullayev Azizbek Ubaydullayevich ishtirok etib, yoshlar orasida huquqbuzarliklarning oldini olish va xavfsizlikni ta’minlash borasida muhim ma’lumotlar berdi. Uchrashuv davomida din niqobi ostida yoshlar ongini zaharlashga uringan yovuz niyatli kimsalarning faoliyati va uning ayanchli oqibatlari haqida batafsil tushuntirish berildi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javob olishdi. Yoshlarimizning huquqiy savodxonligini oshirish va ularni turli xavf-xatarlardan ogoh etish maqsadida bunday uchrashuvlar muntazam tashkil etiladi.