Talabalar uçun psixologik treninglar taşkil etildi
Alişer Navoiy nomidagi Toşkent davlat özbek tili va adabiyoti universitetida talaba-yoşlarning ruhiy barqarorligini mustahkamlaş, kommunikativ könikmalarini rivojlantiriş hamda jamoada soğlom psixologik muhitni şakllantirişga qaratilgan psixologik trening maşğulotlari ötkazildi.
2026-yil 12-noyabr kuni universitet psixologi Nozima Töxtayeva hamkorligida taşkil etilgan maşğulotlarda talabalarning özaro munosabatlari, samarali muloqot madaniyati va nizoli vaziyatlarni konstruktiv hal etiş masalalariga e’tibor qaratildi.
Xususan, Naşriyot işi yönalişi tyutori Asalxon Şamuratova hamkorligida “Soğlom psixologik muhit – mustahkam munosabatlar” mavzusida trening taşkil etildi. Unda özaro hurmat, işonç va hamkorlik munosabatlarini mustahkamlaş, jamoada bir-birini tinglaş va tuşuniş, ijobiy psixologik muhitni şakllantirişga qaratilgan maşqlar bajarildi.
Şuningdek, Özbek tili va adabiyoti yönalişi 102-guruh talabalari va tyutor Nodiraxon Mamajonova iştirokida “Kommunikativ könikmalar va nizolarni konstruktiv hal etiş” mavzusida trening ötkazildi. Maşğulot davomida samarali muloqot olib boriş, öz fikrini töğri ifodalaş, suhbatdoşning nuqtayi nazarini inobatga oliş, hissiyotlarni boşqariş va kelişmovçiliklarga murosali yeçim topiş böyiça amaliy topşiriqlar bajarildi.
Har ikki maşğulot interaktiv yondaşuv va amaliy maşqlar asosida taşkil etilib, talabalar jarayonda faol iştirok etdilar. Treninglar davomida jamoada işlaş, özaro işonçni mustahkamlaş, şaxslararo munosabatlarda empatiya va bağrikenglikni rivojlantirişning ahamiyati namoyon böldi.
Bunday psixologik maşğulotlar talabalarning şaxsiy va ijtimoiy rivojlanişini qöllab-quvvatlaş, soğlom muloqot madaniyatini şakllantiriş hamda universitetda ijobiy psixologik muhitni mustahkamlaşga xizmat qiladi.

