Wed, 09/20/2023 - 17:28
Talabalar uchun maxsus trening
Ta'lim sifatini nazorat qilish va O'quv-uslubiy bo'lim tomonidan Ona tili va adabiyot ta'limi hamda Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti talabalari uchun maxsus trening tashkil etildi.
Treningda talabalar uchun universitetda yaratilgan sharoitlar, xususan kredit-modul tizimi, o'quv jarayoni, baholash tartibi, kreditlarni olish tartibi, akademik mobillik, akademik halollik tamoyillari, GPA balini hisoblash, o'qishni ko'chirish yoki qayta tiklash singari masalalar bo'yicha ma'lumot berildi. Bugungi treningdan talabalar o'zlarini qiziqtirgan ko'plab savollarga javob oldilar.





