Talabalar uchun kinonamoyish
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetida Milliy Kinomatografiyani rivojlantirish markazi bilan hamkorlikda talabalar uchun zamonaviy filmlar namoyish etilmoqda. Joriy yilning 12-aprel kuni ham Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti talabalari uchun "Baron-2” filmi tomoshasi o'tkazildi. “Baron-2. Sog‘inch” badiiy filmi terroristik intervensiyani fosh qiluvchi, ichki mexanizmlarni ochib beruvchi o‘tkir sujetli drama bo‘lib, unda murakkab tryuklar, ekshn va ommaviy sahnalar, pirotexnik vositalar yordamida qo‘poruvchilik epizodlari tasvirlanadi. Filmda nafaqat o‘zbek, balki Turkiya, Qozog‘iston, Tojikiston, Suriya, Misr, Rossiyaning aktyor va aktrisalar ham suratga tushgan. Farhod Mahmudov, Baxshillo Fatxullayev, G‘ayrat Boymirzayev, Yulduz Rajabova, Dilnoza Kubayeva, Elyor Mahkamov, Shahzoda Matchonova, Nurmuhammad Husniddinov, Sergey Astaxov, Viktoriya Tolstoganova, Viktor Verjbiskiy, Igor Lifanov, Konstantin Solovyov, Taukkel Mussilim, Amir Tairov, Kaan Urganjio‘g‘li, Sefa Zengin ishtirok etgan. Ushbu film talabalarga juda manzur bo'ldi.



