Yangiliklar

img
Wed, 02/23/2022 - 17:08

Talabalar uchun davra suhbati tashkil etildi

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetida 2022-yil 23-fevral kuni talaba-yoshlar oʻrtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish maqsadida “Jaholatga qarshi maʼrifat, jinoyatga jazo muqarrar” mavzusida davra suhbati boʻlib oʻtdi.
Davra suhbatida Yakkasaroy tumani IIO FMB 3-sonli IIB boshligʻi, podpolkovnik I.O.Xolmirzayev, Yakkasaroy tumani IIO FMB XPB YOMB katta inspektori D.R.Mirzaxanov, Yakkasaroy tumanidagi Raximjon hoji ota jome masjidi imomi Muhammadzarif Ergash oʻgʻli, Yakkasaroy tumani IIO FMB XPB profilaktika inspektori D.J.Sangirov, universitet korrupsiyaga qarshi kurashish “Konplayens-nazorat” tizimini boshqarish boʻlimi boshligʻi A.Nasriddinov va Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi boshligʻi A.Ikromov ishtirok etishdi.
Davra suhbatida talabalar bilan  jaholat oqibatlari, ota-ona va oilaning qadr-qimmati, yoshlarning jinoyatga kirib ketishi va uni oldini olish,  korrupsiya mavzulari yuzasidan  fikr almashildi. 
Suhbat davomida talabalar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldilar.