Talabalar turar joyi

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 670 o‘ringa mo‘ljallangan 2 ta TTJ mavjud. 

TALABALAR TURAR JOYI KIMLARGA BERILADI?

 

  • I, II guruh nogironlari;
  • boquvchisini yo‘qotgan talabalarga;
  • Oilasi “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”da qayd etilgan talabalarga;
  • oilasida 2 va undan ortiq to‘lov-shartnoma asosida tahsil oladigan talabalar bo‘lgan ehtiyojmand talabalarga.

2022-yilda universitetda davlat-xususiy sheriklik asosida 400 o‘rinli 1 ta talabalar turar joyi barpo etiladi. Batafsil: https://lex.uz/docs/-5622798
Talabalar turar joyi bilan qamrab olinmagan talabalar uchun ijara to‘lovining 50% i davlat byudjetidan  qoplab beriladi. Birinchi navbatda, ehtiyojmand oila farzandlariga, o‘rnak ko‘rsatgan va faol talabalar uchun amalga oshirilishi belgilangan. 


TALABALAR TURAR JOYI HAYOTI

Talabalar turar joyida doimiy ravishda hayot juda ham qizg‘in. Xususan, ular uchun tashkil etilgan kutubxona 24 soat davomida faoliyat yuritadi. TTJda Wi-Fi hududining tashkil etilishi, qavatlararo tanlovlarning uyushtirilishi va turli xil festivallar o‘tkazilishi, albatta, oltin davrning unutilmas voqealari hisoblanadi. 


TALABALAR TURAR JOYIDA YASHASH AFZALLIKLARI 

 

  • Mustaqil hayotga o‘rgatadi.
  • Universitet faoliyati bilan yaqindan tanishish. 
  • Muloqot qilish ko‘nikmasining oshishi.
  • Doʻstlar bilan oʻqish, dasturlar, yetakchilik qobiliyati boʻyicha trening imkoniyatlari, maker maydonlarida ijod qilish va boshqa faoliyatlardan zavq olish