
Talabalar ta'tilda...
Mana yana bir o‘quv yili tugab, yangisi boshlanish arafasida. Talabalarning yozgi ta'tili ham poyoniga yetay deb qoldi. Ta'til davomida Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti talabalari nima bilan band? Ta'til bu maroqli hordiq bilan birga yangi o‘quv yili uchun tayyorgarlik, mustaqil ishlash, o‘zini rivojlantirish uchun qulay vaqt. Biz Amaliy filologiya fakulteti talabalarining yozgi ta'tilni qanday o‘tkazayotganliklariga qiziqdik va ular bilan suhbatlashdik.
Ayni fakultetning uchinchi bosqich talabasi Rahmatova Manzura yozgi ta'til kunlari tengdoshlariga rus tilini onlayn tarzda o‘rgatmoqda ekan. Baxtiyorova Sarvinoz esa mutolaa bilan band. U yozgi ta'tilda jahon va o‘zbek adabiyotining o‘nlab durdonalarini o‘qib chiqishni rejalashtirgan. Navbatdagi suhbatdoshimiz To‘xtasinova Gulnoza "Python" dasturlash tilini mukammal o‘rganayotganini aytdi. Uning fakultetdoshi Sarvinoz esa "Zakovat" intellektual o‘yinlarida Jizzax jamoasi tarkibida faol ishtirok etmoqda.
Biz qaysi talaba suhbatlashmaylik, yozgi ta'tilda maroqli dam olish barobarida, albatta, foydali mashg‘ulotlar bilan band ekanliklarini aytmoqdalar.
Yoshlikda olingan bilim - toshga o‘yilgan naqsh kabidir. Har damni g‘animat bilib, o‘z ustida ishlaydigan, o‘ziga va atrofdagilarga nafi tegadigan, vatanparvar va bilimli talabalarimizga muvaffaqiyatlar tilab qolamiz.
Siz-chi, siz yozgi ta'tilni qanday o‘tqazyapsiz?!