Yangiliklar

img
Thu, 09/19/2024 - 17:10

Talabalar taqdirlandi

Moskva davlat politexnika universitetida talabalarning ilmiy tadqiqot ishlarini rivojlantirish va samarali olib borayotganlarini nazorat qilish hamda loyiha ishlarini faollashtirish maqsadida xalqaro ekspertlar ishtirokida "Самобытная Вятка" -  XIX " Социализация, воспоминание, образование" mavzusidagi XIX xalqaro tanlov o‘tkazildi. Tanlovda o‘zbekistonlik bo‘lg‘usi injenerlar, ekologlar ham ishtirok etishdi. Ekspert sifatida xorijiy davlatlar professor-o‘qituvchilari qatorida universitetimiz Tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi katta o‘qituvchisi Z. Jumanova ishtirok etdi. Talabalarning tanqidiy fikrlash va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga bag‘ishlangan bu kabi tadbirlar ilmiy, ekologik, madaniy sohalardagi hamkorlikning yangi bosqichi bo‘lib xizmat qiladi va ishtirokchilarga o‘z salohiyatlarini namoyish etish imkoniyatini beradi. 2024-yilda shu universitet tomonidan buyuk rus shoiri A. S. Pushkin tavalludining 225 yilligi munosabati bilan xorijlik talabalar oʻrtasida oʻtkazilgan xalqaro sheʼriyat tanlovida universitetimiz Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti rus tili yoʻnalishi 3-kurs talabalari: Aminov Akrom, Roʻziqulov Elyor, Qobilova Rayyona, Ubaydullayeva Mavluda faol ishtirok etdilar hamda diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar. Bunday tadbirlar universitetimizning xalqaro miqyosdagi nufuzini oshirishga xizmat qiladi.