
Talabalar taqdirlandi
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 25-fevral kuni Xorijiy tillar kafedrasi rus tili o‘qituvchilari tomonidan A.Navoiy va Z.M.Bobur tavalludiga bag‘ishlangan g‘azalxonlik bellashuvi o‘tkazildi. Bellashuv shartiga ko‘ra talabalar ikki buyuk siymoning g‘azallarini rus tilida ifodali o‘qib, videorolik tariqasida taqdim etishdi. Tanlov natijalari ko‘ra:
1-o‘ringa – TNA fakulteti 101-guruh talabasi Kalmenova Baljan;
2–o‘ringa – O‘TA fakulteti 303-guruh talabasi Ergasheva Sarvara;
2-o‘ringa – O‘FF fakulteti 305-guruh talabasi Ibragimova Dono;
3-o‘ringa – TNA fakulteti 105-guruh talabasi Rashidova Soliha;
3-o‘ringa – O‘FF fakulteti 305-guruh talabasi Yunusova Moxinabonu videroligi loyiq deb topildi.
Talabalar diplomlar va esdalik sovg'alar bilan taqdirlanadi.