"Talabalar ligasi" musobaqalari bo'lib o'tdi
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Oʻzbekiston talabalar sporti Assotsiatsiyasi, Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi, Oʻzbekiston Basketbol federatsiyasi, Oʻzbekiston Voleybol federatsiyasi, Oʻzbekiston Stol tennisi federatsiyasi, Oʻzbekiston Shaxmat federatsiyalari bilan birgalikda tasdiqlangan Qoʻshma qarorlarga muvofiq universitetimizda "Talabalar ligasi" sport o'yinlari bo'lib o'tdi. Sportning futbol, volleybol, basketbol, stol tennisi va shaxmat turlari bo'yicha o'tkazilgan musobaqalarda talabalar faol ishtirok etishdi. Musoboqa avvalida institut sport majmuasida tantanali tadbir o‘tkazildi. Unda oliygoh rahbariyati, sport ustalari, taniqli sanʼatkorlar va talaba–yoshlar jam bo‘ldi. Mehmonlar ishtirokchilarga omad va zafarlar tiladi. Prezidentimiz ta'kidlaganidek, yoshlarni sportga keng jalb qilish va ular orasidan iqtidorli sportchilarni saralab olish, sport turlari bo‘yicha yuqori natijalarni ta’minlaydigan mahoratli sportchilar bilan milliy terma jamoalarni shakllantirish va trenerlar uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish maqsadga muvofiqdir. Bu borada oliy ta'lim muassasalarining tashabbuslari alohida ahamiyatga ega. sportning o‘nlab turlari bilan shug‘ullanish uchun shart–sharoitlar yaratilgan. Yaqinda universitetimiz Jismoniy tarbiya va sog'lomlashtirish markazining trenajyor zali uchun yangi jihozlar olib kelindi. Majmuada ko‘plab talabalar darsdan bo‘sh vaqtlarida sport bilan muntazam shug‘ullanadi.

Umuman olganda, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universitetida talabalarga nafaqat zamonaviy bilim va ko‘nikma berish, balki ularning salomatligini taʼminlash uchun ham yetarli imkoniyatlar mujassam. Beshta sport turi bo‘yicha tashkil etilgan “Talabalar ligasi” sport musobaqalari ham ana shunday imkoniyatlardan biridir.




