Talabalar kutib olinmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 30-iyuldagi 269-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida universitetda joriy yilning 1-avgustidan yangi 2024/2025-o‘quv yiliga talabalarni munosib kutib olish, o‘quv yilining dastlabki kunlarida talabalarni turar joy bilan tezkor ta’minlash bo‘yicha yuzaga keladigan jiddiy muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish maqsadida joriy yilning 1-avgustidan 10-sentyabrigacha bo‘lgan muddat “dolzarb qirq kunlik” sifatida belgilandi.
2024/2025-o‘quv yiliga talabalarni munosib kutib olish va ularni turar joy bilan tezkor ta’minlash maqsadida ALisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universitteida "Talabalar turar joylari va ijara xonadonlari bo‘yicha ma’lumotlar" markazi o'z faoliyatini davom ettirmoqda.
Markazda talabalarni turar joy bilan ta'minlash masalasida murojaatlar qabul qilinib, mas'ullar, tyutor va volontyorlar tomonidan talabalar hamda ularning ota-onalariga tezkor amaliy yordam ko'rsatilmoqda.
Talabalar turar joylariga joylashish uchun onlayn ariza bergan mahalliy va respublikamizning turli hududlaridan kelib tahsil oladigan talabalar asta-sekinlik bilan universitet yotoqxonasiga joylashishni boshladi. Shuningdek, universitet ishchi guruhiga ijara xonadoni masaalsida 2367 ta talabadan so’rov kelib tushdi. Ular uchun universitetga yaqin hududlardan 500 ta ijara xonadoni topib, uy egalari bilan kelishib olindi. Yana 2504 nafar talaba yangi topilgan ijara uylariga joylashishi mumkin.