
Talabalar fikri: ta'lim sifati va pedagog mahorati
Universitet rektori Shuhrat Sirojiddinov va boshqa mas’ullar universitetdagi dars jarayonlarining borishi, ta’lim sifati haqidagi talabalar fikrini oʻrgandi.
Tanaffusdan-tanaffusgacha dars jarayonlarining borishi, ta’lim sifati va talabalar bilimiga qoʻyilgan malaka talabalariga muvofiq darslarning tashkil etilishi boʻyicha barcha jihatlar tahlil qilindi. Ayniqsa, pedagoglarning dars oʻtishi, talaba va ptofessor-oʻqituvchilarning munosabati tanqidiy tahlil qilindi.
Oʻz navbatida talabalar fikri tinglanib, mavjud muammolar bartaraf etilishi boʻyicha topshiriqlar berildi. Professor texnik jihatdan shay auditoriyaga kirishi, bunday muammolar dars sifatiga ta’sir oʻtkazmasligi shartligi qayd etildi. Dekanat va oʻquv boʻlimi oʻz oldiga qoʻyilgan vazifalarni mas’uliyat bilan bajarishi ta’lim sifatini ta’minlashda muhim omilligi ta’kidlandi.