
Talabalar bilan profilaktik suhbat
Toshkent shahrida joylashgan O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga qarashli ta'lim massasalarida qonunlarga roya gilish, huquqbuzarlik, jinoyatchilik va giyohvandlikni oldini olish, faqulodda vaziyatlar hamda yong'in xavfsizligini ta'minlash yo'nalishlarida Toshkent shahar prokuraturasi, Ichki ishlar bosh boshqarmasi va Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi rahbar va xodimlari tomonidan uchrashuv tadbirlari o'tkazish yuzasidan tasdiqlangan qoʻshma rejaga muvofiq tizimli ishlar olib borilmoqda.
Xususan, 2024-yilning 14-oktabr kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetida profilaktik tadbirlar oʻtkazildi. Unda Toshkent shahar prokurorining birinchi oʻrinbosari A. Oʻrmonov , Toshkent shahar favqulodda vaziyatlar boshqarmasi birinchi oʻrinbosari M.Musajonovlar ishtirok etdilar.
Profilaktik suhbat davomida “Turmushda tabiiy gazdan notoʻgʻri foydalanish oqibatida sodir boʻlgan favqulodda vaziyatlar, ularning sabablari va gazdan toʻgʻri foydalanish boʻyicha amalga oshirilishi lozim boʻlgan tadbirlar toʻgʻrisida”, “Narkotik moddalarga qarshi kurashish, bu boradagi jinoyatlarning oldini olish va profilaktika oʻtkazish” mavzularida ma’ruzalar tinglandi.
Muloqot davomida talabalar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.