Yangiliklar

img
Fri, 01/17/2025 - 14:53

Talabalar bilan ochiq muloqot

Joriy yilning 16-yanvar kuni Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbek tili va adabiyoti universiteti Talabalar turar joyida talabalarga bagʻishlangan ochiq suhbat boʻlib oʻtdi. Tadbirda universitetning Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha prorektori G. Jo'rayeva hamda Yoshlar yetakchisi M. Sodiqov ishtirok etishdi.  
Suhbat davomida talabalar turar joyida yuzaga kelayotgan muammolar, yoshlarning turmush tarzi va yashash sharoitlarini yaxshilash yuzasidan fikrlar bildirildi. Talabalar oʻzlarini qiziqtirgan savollarni berib, ularga batafsil javob olish imkoniga ega boʻlishdi.  
Tadbirda talabalar tomonidan koʻtarilgan masalalar yuzasidan tegishli chora-tadbirlar koʻrilishi va ularning takliflari inobatga olinishi maʼlum qilindi. Ushbu ochiq suhbat universitet maʼmuriyati va talabalar oʻrtasidagi muloqotni mustahkamlashga, yoshlar uchun qulay va samarali yashash muhitini yaratishga xizmat qilishi kutilmoqda.  
Tadbir davomida yoshlarning oʻz tashabbuslarini ilgari surishi hamda maʼnaviy-maʼrifiy faoliyatni rivojlantirish boʻyicha qimmatli takliflar bildirildi.