Yangiliklar

img
Tue, 07/29/2025 - 14:10

“TalabaExpo–2025” kasb ko‘rgazmasi: Andijon va Namanganda!

O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha Andijon va Namangan viloyatlarida doimiy ro‘yxatda bo‘lgan, biroq boshqa hududlardagi oliy ta’lim muassasalarini tamomlayotgan bitiruvchi talabalar uchun:

  • 2025-yil 30-iyul kuni Andijon viloyatida,
  • 2025-yil 7-avgust kuni Namangan viloyatida

“TalabaExpo–2025” kasb ko‘rgazmalari tashkil etiladi.

Bitiruvchi talabalarning mazkur ko‘rgazmalarda ishtirokini ta’minlash maqsadida tegishli tashkiliy va tashish chora-tadbirlari amalga oshirildi.

Ko‘rgazmalarda ishtirok etish orqali siz:

Hududingizdagi ish beruvchilar bilan bevosita muloqot qilishingiz, o‘zingizga mos bo‘sh ish o‘rinlari bilan tanishishingiz, kasbiy istiqbolingizni aniq belgilashingiz mumkin.

Ko‘rgazma – bu nafaqat bitiruvchilar uchun imkoniyatlar maydoni, balki yangi ish boshlanishining birinchi qadami!