Yangiliklar

img
Thu, 05/15/2025 - 18:14

Talaba qizlar bilan ochiq muloqot

15-may sanasida Toshkent davlat tibbiyot universiteti Akusherlik va ginekologiya, bolalar ginekologiyasi kafedrasi tomonidan talaba qizlar uchun “Oilani rejalashtirish va reproduktiv salomatlik” hamda "OITS va OIV xavfi" mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda kafedra ustozlari – tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent Dilfuza Axmedova va kafedra assistenti Munavvara Tillashayxova ishtirok etdi.
Davra suhbati davomida talabalarga mavzuga oid qiziqarli va foydali ma’lumotlar taqdim etildi. Tadbir ma’ruza, hujjatli film namoyishi hamda qizg‘in savol-javob shaklida o‘tkazildi. Unda qizlarning oila qurishga tayyorgarligi, unga qadar e’tibor qaratilishi zarur bo‘lgan jihatlar, salomatlik bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi. Mutaxassislar tomonidan amaliy tavsiyalar va takliflar berildi.
Shuningdek, yoshlarning kun tartibini to‘g‘ri rejalashtirish, to‘g‘ri ovqatlanish, gigiyena qoidalariga rioya qilish va sport bilan muntazam shug‘ullanish kabi sog‘lom turmush tarzini shakllantirishga doir muhim jihatlar alohida ta’kidlandi.

  

Talaba qizlar oilani rejalashtirish va reproduktiv salomatlikka oid o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar olishdi hamda ushbu yo‘nalishda kerakli bilim va tavsiyalar bilan boyidilar. Davra suhbati talabalarning sog‘lom va ongli hayot tarzi sari qadam qo‘yishlariga xizmat qiluvchi muhim tashabbus bo‘ldi.