Yangiliklar

img
Sat, 02/22/2025 - 17:51

Tadqiqotchilarning bilimlari baholandi

2025-yil 22-fevral kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida mutaxassislik va qo‘shimcha fanlardan malakaviy imtihon bo‘lib o‘tdi. Ilmiy-tadqiqot yo‘nalishlarida malaka oshirish va akademik salohiyatni baholashga qaratilgan ushbu imtihonda turli ixtisosliklar bo‘yicha talabgorlar ishtirok etdilar.
Imtihonlar universitet ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori N. Normurodova rahbarligida tashkil etilib, jarayon yuqori akademik standartlar asosida o‘tkazildi. Imtihonni o‘z sohasida yetuk olimlardan iborat komissiya qabul qilib, ishtirokchilarning bilim va ko‘nikmalari har tomonlama baholandi.
Malakaviy imtihonlar quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha o‘tkazildi:
• O‘zbek tili
• O‘zbek adabiyoti
• Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik
• Folklorshunoslik
• Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik
• Til nazariyasi, amaliy va kompyuter lingvistikasi
• Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi

  

Imtihon jarayonida ishtirokchilarning ilmiy yondashuvlari, mavzuni tahlil qilish va dalillash qobiliyatlari, nazariy bilimlari hamda amaliy ko‘nikmalari sinovdan o‘tkazildi. Shuningdek, adabiyotshunoslik, tilshunoslik va pedagogika sohalarida tadqiqot olib borayotgan izlanuvchilarning ilmiy faoliyati chuqur tahlil qilindi.
Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti mazkur imtihonlar natijalari orqali akademik va ilmiy taraqqiyotga o‘z hissasini qo‘shuvchi malakali mutaxassislarni yetishtirishga qaratilgan sa’y-harakatlarini davom ettiradi.
Imtihon natijalari bo‘yicha rasmiy ma’lumotlar tez orada e’lon qilinadi. Barcha ishtirokchilarga ilmiy faoliyatlarida muvaffaqiyat tilaymiz!