Tadqiqotchilar uchun maxsus trening
Universitet rektori buyrug‘iga muvofiq tayanch doktorant (PhD), doktorant (DSc), stajor-tadqiqotchi va mustaqil izlanuvchilarning 2023-yil III chorak yakunlari bo‘yicha ilmiy monitoring jarayonlari bo‘lib o‘tmoqda. Hafta davomida o‘tkazilayotgan monitoring jarayonlarida tadqiqotchilar uchun ilmiy-metodologik seminarlar ham tashkil etilmoqda. Jumladan, O‘zbek tilini chuqur o‘rganishga qaratilgan ilmiy-nazariy adabiyotlar, metodik qo‘llanmalar va lug‘atlar yaratish masalalarini muhokama qilish mavzusida O‘zbek filologiyasi fakulteti filologiya fanlari doktori, professor Zulxumor Xolmanova tomonidan ilmiy-amaliy seminar o‘tkazildi.

Seminarda nutq ko‘nikmalarini rivojlantirish, baholash standartlaridagi nomutanosibliklar, darslik muommosi, til ta’limidagi zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash, lug‘atlar bilan ishlash texnikasi, og‘zaki nutqdagi varvarizm va jargonlar gapirish ko‘nikmasi, yozma nutqda imloviy xatolardan tashqari uslubiy, semantik nuqsonlar va ularni bartaraf etish uchun ijodiy tafakkurni o‘stirish, ko‘p kitob o‘qish va yozma muloqotdagi savodxonlikni oshirish, leksik birliklarni tushunish imlo qoidalarini o‘zlashtirishdagi nuqsonlar kabi mavzularga e’tibor qaratildi.

Tadqiqotchilar ham o‘z fikrlarini bildirib, o‘zlarining qiziqtirgan savollariga javob olishdi.



