Yangiliklar

img
Thu, 08/29/2024 - 18:40

Tadqiqotchilar diqqatiga

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti 2025-yil uchun doktorantura (DSc), tayanch doktorantura (PhD), stajor-tadqiqotchilik  va mustaqil izlanuvchilik institutiga tanlov e’lon qiladi. Tanlov quyidagi ixtisosliklar bo‘yicha bo‘lib o‘tadi:

1. 10.00.01 – O‘zbek tili;

2. 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti; 

3. 10.00.05 – Osiyo va Afrika xalqlari tili va adabiyoti

4. 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik;

5. 10.00.07 – Adabiyot nazariyasi;

6. 10.00.10 – Adabiy manbashunoslik va matnshunoslik;

7. 10.00.11 – Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi;

8. 13.00.02 – Ta’lim-tarbiya nazariyasi va metodikasi (o‘zbek tili, o‘zbek adabiyoti).

Hujjatlar 2024-yilning 15-sentabrdan 15-oktabrigacha www.daraja.ilmiy.uz veb-sayti orqali onlayn (online) qabul qilinadi. 

Qabul kvotalarini quyidagi havola orqali ko‘rishingiz mumkin.

Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun telefon: +998977565452; +998917801923

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil uchun
stajor-tadqiqotchilik, tayanch doktorantura va doktoranturaga ixtisosliklar kesimi bo‘yicha 

QABUL KVOTALARI