Tadqiqot mavzulari dolzarb ilmiy muammolarga qaratildi
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Ilmiy-texnikaviy kengashining navbatdagi yig‘ilishi 2024-yil 22-mayda bo‘lib o‘tdi. Ushbu yig‘ilishda universitettadqiqotchilari tomonidan taqdim etilgan 53 ta falsafadoktori (PhD) hamda 3ta fan doktori (DSc) ilmiydarajalarini olish uchun olib borilayotgan ilmiytadqiqot ishlarining dolzarbligi va dissertatsiyamavzulari muhokama qilindi.
Muhokama jarayoni qizg‘in bahs-mulohazalar vamunozaralarga boy bo‘ldi. Ilmiy-texnikaviy kengasha’zolari tomonidan o‘zbek tili, o‘zbek adabiyoti, qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosliklari bo‘yicha taqdimetilgan dissertatsiya mavzularida muammoningqo‘yilishi, olib boriladigan tadqiqot ishining ilmiy-amaliy ahamiyatiga asosiy e’tibor qaratildi.
Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik, kompyuter lingvistikasi sohalarida hali tadqiqetilmagan manbalar ustida ishlash, o‘zbek tili milliy korpusi yaratish borasidagi tadqiqotlarga tanlanganilmiy mavzular ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, umumta’lim maktablarida ona tili, o‘zbek tili va o‘zbek adabiyotini o‘qitishning metodik asoslarini takomillashtirishga doir mavzularga nazariya va amaliyotdagi muammolardan kelib chiqibyondashilganligi ta’kidlandi.

Tavsiya etilgan dissertatsiyalar ustida ishlashda tadqiqotchilarga ilmiy tadqiqot metodlari va unlardan samarli foydalanish, ta’lim-tarbiya nazariyasi va metodikasiga oid muammolarning innovatsion yechimiga alohida e’tibor qaratish, fanlar tutashligidagi muammolarni keng tadqiq etish kabi masalalaryuzasidan taklif va tavsiyalar berildi.
Universitet professor-o‘qituvchilari tomonidan tayyorlangan monografiyalar va ulardan ta’lim-tarbiya jarayonlarida foydalanishning zaruriyati qayd etildi.

