Yangiliklar

img
Thu, 04/10/2025 - 17:16

Tabiatga gʻamxoʻrlik

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti hududida “Yashil makon” umummiliy loyihasi doirasida atrof-muhitni asrash va go‘zallashtirish maqsadida muhim ishlar amalga oshirildi. Universitetimiz maydonida 700 dan ortiq turli xil manzarali va mevali daraxtlar ekilishi nafaqat landshaftni bezatibgina qolmay, havoning tozalanishiga va ekologik muvozanatni saqlashga ham katta hissa qo‘shmoqda.
Ekilgan daraxtlar sog‘lom o‘sishi uchun zarur sharoit yaratish va ularga doimiy g‘amxo‘rlik ko‘rsatish maqsadida, hududdagi barcha o‘simliklar zararkunandalar va hashoratlarga qarshi dorilash va dezinfeksiya ishlari bilan muntazam ravishda himoyalanmoqda. Ushbu chora-tadbirlar daraxtlar salomatligini ta’minlab, ularning umr ko‘rish muddatini uzaytirishda muhim ahamiyatga ega.
“Yashil makon” umummiliy loyihasi milliy hamjamiyatimizni ekologik tozalikka erishish, yashash sharoitlarini yaxshilash va tabiat merosimizni asrash borasida birlashtirib, keng qamrovli qo‘llab-quvvatlashga chaqiradi. Ushbu loyiha amalga oshirilayotganda, barcha fuqaro va tashkilotlar o‘z hissasini qo‘shishga taklif etiladi. Natijada, yaratilayotgan zamonaviy va sog‘lom yashil makon kelajak avlodlarga mustahkam meros sifatida qolib, shaharning ekologik ahvolini yanada yaxshilashga xizmat qiladi.