Tabiat va inson uyg'unligi
Prezidentimiz tashabbusi bilan boshlangan "Yashil makon" umummiliy loyihasi yurtimizning barcha hududlarida keng quloch yozgan ezgu amaldir. Bu loyiha har yili kuz va bahor oylarida ekiladigan daraxtlar parvarishiga, ularning keyingi taqdiriga ham e'tibor qaratishni fuqarolik burchi darajasiga olib chiqdi. Ayni kunlarda mamlakatimizning barcha hududlarida mevali va manzarali daraxt ko‘chatlarini ekish ishlari uyushqoqlik bilan davom etmoqda. Albatta bu boradagi chora-tadbirlarni tizimli ravishda tashkil etishda “Yashil makon” milliy dasturi o‘zining samarasini bermoqda.
Universitetimiz jamoasi ham bu ezgu tashabbusning oldingi saflarida bormoqda. Ushbu ko'klamda universitet hududida 100 tup kashtan ekildi. “Dolzarb 40 kunlik” aksiyasi doirasida daraxt ekish ishlari an'anaviy davom ettirilishi rejalashtirilgan. Shuni alohida taʼkidlash lozimki, ushbu ko‘chat navlarini tanlashda mahalliy iqlim sharoitiga mos kelishiga alohida eʼtibor qaratildi.

Bu daraxtlar tez orada o'sib-unib, universitetimiz hovlisidagi toza va rohatbaxsh havoni ta'minlaydi. Salqinida talabalar kitob o'qiydi.

Siz ham "Yashil makon" loyihasida faol bo'ling, unutmang, yaxshidan bog' qoladi.






