Yangiliklar

img
Tue, 05/14/2024 - 00:02

Surdotarjimonlar imtihondan muvaffaqiyatli o'tdilar

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Hay’atining 2023-yil 11-apreldagi 17-son Bayoni 4-bandida berilgan topshiriqning ijrosini ta’minlash maqsadida Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti rektorining 2023-yil 15-apreldagi 01-56/1-son buyrug‘iga muvofiq  Surdotarjimonlik to‘garagi tashkil etilgan edi. To‘garak uchun maxsus auditoriya ajratilib, zarur jihozlar bilan ta’minlangan, Bugungi kunda to‘garak rahbari sifatida Ma’mur Ahliddinov faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.
Shuningdek, yuqoridagi buyruqqa binoan, 2023-2024-o‘quv yili, noyabr oyidan surdotarjimonlar tayyorlash bo‘yicha maxsus o‘quv kursi ochildi va unda 12 nafar tinglovchi surdotarjimonlikni o'rgandi. 2024-yil 13-may kuni universitetda mazkur o‘quv kursi bitiruvchilarining imtihon jarayoni bo‘lib o‘tdi. Imtihonda hakam sifatida O‘zbekiston karlar jamiyati Toshkent shahar bo‘linmasi raisi Gulnora Mahkamova, 106-son zaif eshituvchi bolalar maktab-internati mutaxassisi Sarimsoqov Otabek, shuningdek, mutaxassis Muhayyo Islomovalar ishtirok etishdi. O‘quv kursi bitiruvchilari sinovlardan muvаffaqiyatli o‘tishdi va sertifikatlar bilan taqdirlanishdi.