Yangiliklar

img
Tue, 05/14/2024 - 14:51

Startap loyihalar tanlovi g‘oliblari nomi e’lon qilindi

Xabaringiz bor,  Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-martdagi “Ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni rivojlantirishning normativ-huquqiy bazasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 133-son Qarori bilan tasdiqlangan “Startap” loyihalarni tasdiqlash, moliyalashtirish va amalga oshirish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 7-bandiga muvofiq universitet miqyosida yangi istiqbolli yo‘nalishlar bo‘yicha talabalar o‘rtasida startap loyihalar tanlovini e’lon qilgan edi.
Ushbu tanlovga jami 22 ta loyiha kelib tushdi. Startap loyihalar tanlovining yakuniy bosqichi 2024-yilning 25-aprel kuni o‘tkazildi. Komissiya a’zolari talabgorlarning taqdimotlari hamda savol-javoblar asosida texnik jihatdan startap talablariga mos keladigan hamda soha va tarmoqlar rivoji uchun xizmat qiladigan istiqbolli startap loyihalarini saralab olishdi. Hamda loyihalarini iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarida amaliyotga joriy etilishi yuzasidan o‘z taklif va tavsiyalarini berishdi. 
Tanlab olingan loyihalar quyidagilar:

F.I.O.

Loyiha nomi

Kursi

1.

Xoshimova Osiyo Xikmatilla qizi

“Ko‘zi ojiz tаlаbаlаr va tadqiqotchilar uсhun “Аruz

vazni qoidalari va mumtoz poetika аsоslаri” o‘quv

qo‘llanmasini Вrауl alifbosida chop etish”

O‘zbek filologiyasi fakulteti Adabiyotshunoslik (adabiyot nazariyasi) mutaxasisligi
2-bosqich magistri

2.

Qurbonova Ro‘za Shamshiddinovna

“O‘zbek tilini rasmlar orqali o‘rganish uchun elektron dastur”

O‘zbek tili ta’limi fakulteti, Noshirlik ishi yo‘nalishi 2-kurs talabasi

 

3.

Nasriddinova Iroda Sayfiddin qizi

“Ko‘zi ojiz talabalarga turk tilini inklyuziv o‘qitish uchun

“Istanbul yabancılar için türkçe ders kitabı” o‘quv

qo‘llanmasining audio kitob shaklidagi nusxasi va uning

mobil ilovasini yaratish”

O‘zbek filologiyasi fakulteti 4-kurs talabasi

4.

Abdusalomova Mahmudaxon Abdulhakim qizi va  Habibjonova Dilnoza Jahongir qizi

“Raqamli qurilmalar uchun (PS, mobile) o‘zbek alifbosining kalligrafik yozuv (shrift) ini yaratish”

O‘zbek tili ta’limi fakulteti Noshirlik ishi yo‘nalishi
2-bosqich talabalari

5.

Karimova Guljahon Baxtiyor qizi

“AudioBrayl” qurilmasi yordamida Brayl alifbosini tez va oson o‘rgatish

O‘zbek filologiyasi fakulteti Filologiya va tillarni o‘qitish yo‘nalishi
1-bosqich talabasi