
"Springer Nature" ma'lumotlar bazasidan bepul foydalaning
"Springer Nature" ma'lumotlar bazasidan bepul foydalaning
O’zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi Springer Nature kompaniyasi bilan hamkorlikda tuzilgan shartnomaga asosan, 2022-yil 1-apreldan 31-dekabrga qadar Springer Nature xalqaro ma’lumotlar bazasidan bepul foydalanish huquqi O’zbekistonning 150 ta oliy ta’lim va ilmiy tadqiqot muassasalariga taqdim etildi.
Springer Nature ma’lumotlar bazasidan talabgorlarning foydalanish bo’yicha malakasini oshirish maqsadida joriy yilning 5-sentabridan 8-sentabriga qadar onlayn seminarlar tashkil etilmoqda. Ushbu seminarlarda universitetimizning barcha professor-o’qituvchilari, tadqiqotchilarini faol ishtirok etishga chaqiramiz.
Seminar havolalari:
05.09.2022-yil 14.00-15.15 https://meet.goto.com/920328893
06.09.2022-yil 14.00-15.15 https://meet.goto.com/250238421
07.09.2022-yil 14.00-15.15 https://meet.goto.com/312469549
08.09.2022-yil 14.00-15.15 https://meet.goto.com/131139277