
Thu, 11/14/2024 - 19:27
Sportchi talabamizning muvaffaqiyati
“Jar” sport majmuasida “Karate-do” sport turi bo‘yicha 2024-yilning 4-6-noyabr kunlari Xalqaro turnir o‘tkazildi. Musobaqada universitet sport murabbiyi R.Alimboyeva shogirdi O'zbek filologiyasi fakulteti talabasi Xolbekova Shoxista faxrli 3-o‘rinni qo'lga kiritdi. 112-noyabr kuni ToshDO'TAUda Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi vakillari va mas'ul xodim O.Bozorov ishtirokida "Oliy ta'limda Jismoniy tarbiya va sport" mavzusida amaliy seminar o'tkazildi. Mazkur seminar avvalida rasmiylar g'oliba talabamiz Shoxistani estalik sovg'alari va faxriy yorliqlar bilan mukofotlashdi.
Talaba qizimizga bundan keyingi musobaqalarda ham muvaffaqiyatlar tilaymiz!