Yangiliklar

img
Tue, 05/28/2024 - 19:03

Sportchi talabalar taqdirlandi

Xabaringiz bor, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universitetida talaba-yoshlarni ommaviy sport tadbirlariga jalb qilish maqsadida jismoniy tayyorgarlik sinovlari o‘tkazilmoqda. Talabalar 100, 3 000 metr masofaga yugurish, uzunlikka sakrash, yerga tayangan holda qoʻllarni bukib yozish, gimnastika oʻrindigʻidan oyoq tizzalarini bukmay oldinga egilish, chalqancha yotgan holatdan gavdani koʻtarib tushirish kabi maxsus talablarni bajarishdi. Jismoniy tayyorgarlikdan o'tgach, ular turli sport turlari bo'yicha o'zaro musobaqa kirishdilar. 
28-may kuni mazkur sport musobaqalari  o‘tkazildi. yil davomida sport o'yinlarida faol ishtirok etgan, g'oliblikni qo'lga kiritgan yigit-qizlar taqdirlandilar.