Sotsiologiya ta’lim yoʻnalishining ilk qaldirgʻochlari
2026-yil 22-iyun kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Psixologiya va sotsiologiya kafedrasi Sotsiologiya ta’lim yo‘nalishi 401-guruh bitiruvchi talabalari tomonidan bitiruv malakaviy ishlari muvaffaqiyatli himoya qilindi.
Bitiruv malakaviy ishlarida talabalar o‘zlari olib borgan ilmiy izlanishlari natijalarini taqdim etib, dolzarb ijtimoiy masalalar yuzasidan ilmiy xulosalar va amaliy takliflarini bildirdilar. Himoya jarayonida talabalar o‘z bilim, ko‘nikma va malakalarini namoyon etib, o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha munosib kadr bo‘lib shakllanganliklarini ko‘rsatdilar.
Malakaviy ishlar zamonaviy jamiyatda kechayotgan ijtimoiy jarayonlar, yoshlar muammolari, ijtimoiy munosabatlar va jamiyat taraqqiyotiga oid dolzarb mavzularni qamrab oldi. Himoya jarayonida talabalar mavzular yuzasidan berilgan savollarga atroflicha javob berib, tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyatini asoslab berdilar.
Mazkur himoya universitet tarixida muhim voqea bo‘lib, sotsiologiya yo‘nalishining ilk bitiruvchilarini kasbiy hayotga kuzatish yo‘lidagi muhim qadam sifatida e’tirof etildi. Ushbu muhim bosqichni muvaffaqiyatli yakunlagan barcha bitiruvchilarni samimiy tabriklaymiz hamda ularga kelgusi ilmiy va kasbiy faoliyatlarida ulkan zafarlar, yuksak marralar va omad tilaymiz.

