
“Sog’lom va xavfsiz poytaxt” oyligi davom etmoqda
Toshkent shahri hududida 15-yanvardan 15-fevralgacha “Sog’lom va xavfsiz poytaxt” oyligi o’tkazilmoqda. Mazkur tadbirlar doirasida aholining xavfsizligi va salomatligini ta’minlashga qaratilgan turli tadbir va uchrashuvlar tashkil etilmoqda.
Bugun Yakkasaroy tumani IIO FMB xodimlari tomonidan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining yuqori bosqich talabalari uchun navbatdagi tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida talabalarga xavfsizlik qoidalari, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish va ijtimoiy mas’uliyatni oshirish borasida qimmatli ma’lumotlar yetkazildi.
Talabalar o’zlarini qiziqtirgan barcha savollar bo’yicha mutasaddilardan batafsil javob olishdi hamda muhim tavsiyalar bilan tanishishdi. Tadbir ochiq va samimiy muhitda o’tib, yoshlarning bilim va xabardorligini oshirishga xizmat qildi.
Oylik doirasida yana ko‘plab tadbirlar va uchrashuvlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Bu kabi tadbirlar poytaxt aholisining xavfsizlik masalalariga bo‘lgan e’tiborini kuchaytirish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga qaratilgan.