Yangiliklar

img
Thu, 11/21/2024 - 15:11

Sogʻ tanda — sogʻlom aql

Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetida talabalar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish va sportga bo‘lgan qiziqishni oshirish maqsadida “Talabalar ligasi” sport musobaqalari oʻtkazildi.
Musobaqalarda universitetning barcha fakultetlari jamoalari qatnashib, futbol, voleybol, basketbol, shaxmat va stol tennisi kabi sport turlarida oʻz mahoratlarini sinovdan oʻtkazdilar. Bellashuvlar ko‘tarinki kayfiyatda, sogʻlom raqobat va jamoaviy birdamlik ruhida kechdi.
Gʻoliblar universitet ma’muriyati tomonidan faxriy yorliqlar, medallar va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi. Tadbirda barcha talabalar sport orqali doʻstlikni mustahkamlash va sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlashdi.

Musobaqalar universitet hayotida yangi sahifa ochib, talabalar orasida katta qiziqish uygʻotdi. Ushbu tadbirni an’anaviy ravishda o‘tkazish rejalashtirilmoqda.