Yangiliklar

img
Wed, 03/09/2022 - 17:33

Shoir Shuhrat Orif "Hilol" mehmoni

Joriy yilning 9-mart kuni Oʻzbek filologiyasi fakulteti Adabiyot nazariyasi va zamonaviy adabiy jarayon kafedrasi qoshida tashkil etilgan “Hilol” adabiy toʻgaragining navbatdagi mashgʻuloti oʻtkazildi.  Bugun toʻgarakda  shoir Shuhrat Orif mehmon boʻldi. Ijodkor talabalarga oʻz hayot va ijod yoʻli haqida  gapirib berdi, oʻzining sheʼrlaridan oʻqidi. Shuhrat Orifning  sheʼrlariga bastalangan kuy-qoʻshiqlar qatnashchilarda oʻzgacha taassurot qoldirdi. Uchrashuvda shoir talabalarning savollariga ham javob berdi. Eng yaxshi savol egalariga muallif oʻz kitobini taqdim etdi. Ijodiy uchrashuv juda samimiy ruhda kechdi.