Yangiliklar

img
Wed, 05/07/2025 - 15:26

Sherbekning tuhfasi

Bugun Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti sovrindori, universitet talabasi Sherbek Islomovning “Mayli, telba denglar...” nomli konsert dasturi tashkil etildi.
Umidli ijodkor-talaba tomonidan o‘zbek estradasining mashhur namoyondalari hamda yosh xonandalar repertuaridan o‘rin olgan qo‘shiqlar jonli ijro etilib, barchaga ko‘tarinki kayfiyat ulashildi. Tadbirda talabalar, professor-o‘qituvchilar, tyutorlar va mehmonlar ishtirok etdilar.
Konsert davomida universitetning birinchi prorektori G. Jo‘rayeva so‘zga chiqib, Sherbek Islomovga kelgusidagi ijodiy faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi. Shuningdek, iqtidorli talabaga tashakkurnoma hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.
Dastur doirasida sportning karate turi bo‘yicha O‘zbekiston chempioni, universitet talabasi Shohista Xolbekova ham taqdirlanib, unga chempionlik medali va esdalik sovg‘alari topshirildi.

 

Bu kabi ijodiy tadbirlar talaba-yoshlarning iste’dod va salohiyatini yuzaga chiqarish, ularning kreativ va novatorlik qirralarini namoyon etishda muhim ahamiyat kasb etadi.