
Wed, 11/22/2023 - 15:48
Sherbekning “Kutilgan kun”i
Talabalarning iqtidorini namoyish qilish, ularga keng imkoniyatlar yaratish, iste’dodli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash har bir oliy ta’lim muassasasining ustuvor vazifasidir. 2023-yilning 22-nogabr kuni Oʻzbek filologiyasi fakulteti 2-bosqich talabasi, xushovoz Sherbek Islomovning “Kutilgan kun” deb nomlangan konsert dasturi boʻlib oʻtdi.
Dasturni universitet yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha 1- prorektori v.v.b. G. Joʻrayeva ochib berdi. Shundan soʻng Sherbekning ustozlari soʻzga chiqib, mahoratli va zukko talaba haqida oʻz iliq fikrlarini bildirishdi.
Konsertda Sherbek 10 dan ortiq qoʻshiqlarni jonli kuylab berdi va yigʻilganlarga ajoyib kayfiyat ulashdi.