Yangiliklar

img
Sat, 07/08/2023 - 19:46

Shanxay chet tillari universiteti talabalari o‘zbek tilini O‘zbekistonda o‘rganadi

8-iyul kuni universitetimizda Xitoyning Shanxay chet tillari universiteti Markaziy Osiyo tili va adabiyoti fakulteti dekani Vu Ai Rong boshchiligidagi delegatsiya mehmon bo'ldi.  Mehmonlarni universitetimiz xalqaro hamkorlik bo'yicha prorektori Nozliya Normurodova kutib oldi. 
Suhbat davomida Shanxay chet tillari universitetida mavjud O‘zbek tili bakalavr ta'lim yo‘nalishi talabalari uchun bizning mutaxassislarimiz tomonidan yaratilgan "Xorijliklar uchun O'zbek tili" darsliklaridan foydalanish, o‘zbek tili o‘qituvchilarining malakasini oshirish masalalari muhokama qilindi. Bundan bir necha yil avval universitetimiz dotsenti Mardon Rahmatov aynan Shanxay chet tillari universitetida talabalarga o‘zbek tilidan saboq bergan edi. Universitetimizning yana bir tadqiqotchisi Da Zenxin ham sentabr oyidan boshlab ayni shu fakultetda faoliyatini boshlaydi.


Mazkur universitet bilan tuzilgan shartnomaga ko‘ra o‘zbek tili ta’lim yo‘nalishi talabalari o‘qish muddatining 3 yilini Xitoyda va bir yilini ToshDO‘TAUda o‘tkazishlari rejalashtirilgan edi. Ammo pandemiya tufayli jarayon to'xtab qoldi.  2023/2023- o‘quv yilidan boshlab, shartnomaning ushbu bandi amalga oshirilishi belgilandi.