Yangiliklar

img
Wed, 06/25/2025 - 13:28

Shahzodbek Ruzmetovning dissertatsiya muhokamasi haqida e'lon

2025-yil 30-iyun kuni soat 09:00 da A blokdagi 322-auditoriyada “O‘zbek adabiyoti tarixi va matnshunoslik” kafedrasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. Ushbu yig‘ilishda Ruzmetov Shahzodbek Ulug‘bekovichning “Alisher Navoiy va Lome‘iy Chalabiy Farhod va Shirin dostonlarining qiyosiy tahlili” mavzusidagi dissertatsiyasi muhokama qilinadi. Mazkur tadqiqot filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo‘yicha tayyorlangan.

Ilmiy rahbar: filologiya fanlari doktori, professor D. Yusupova.
Taqrizchilar:
– filologiya fanlari doktori, professor O. Hamroyeva
– filologiya fanlari nomzodi, dotsent A. Tilovov

Ilmiy jamoatchilik, doktorantlar va magistrantlarni dissertatsiya muhokamasida faol ishtirok etishga taklif etamiz