
Shahlo Abdisalomova dissertatsiyasi muhokamasi haqida e'lon
2025‑yil 25‑iyun kuni soat 10:00 da C blokdagi 302‑auditoriyada “Kompyuter lingvistikasi va raqamli texnologiyalar”, “O‘zbek tili va adabiyoti ta’limi” hamda “O‘zbek tilshunosligi” kafedralarining qo‘shma yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. Yig‘ilishda Abdisalomova Shahlo Abdimurod qizining “O‘zbek tilidagi matnlar koreferensiyasini avtomatik aniqlashning lingvistik va dasturiy ta’minoti” mavzusidagi dissertatsiyasi muhokama qilinadi. Mazkur ish filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun, 10.00.11 – Til nazariyasi, amaliy va kompyuter lingvistikasi ixtisosligi bo‘yicha tayyorlangan.
Ilmiy rahbar: t.f.f.d., dotsent B. Elov.
Taqrizchilar: filologiya fanlari doktori, professor S. Normamatov; PhD X. Ahmedova.
Ilmiy jamoatchilik, doktorantlar va magistrlarni muhokamada faol ishtirok etishga taklif etamiz!