Yangiliklar

img
Sat, 03/05/2022 - 12:21

Shafiqa Yorqin Bobur ijodi bo‘yicha ma’ruza o'qidi

O‘zbek filologiyasi fakultetining 2-kurs talabalari uchun navbatdagi “O‘zbek adabiyoti tarixi” fani jonli, qiziqarli tarzda tashkil etildi. Aynan mavzular ketma-ketligi o‘zbekning buyuk farzandi Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodiga to‘g‘ri kelgani sabab dars o‘zgacha tarzda  rejalashtirildi. Bobur mirzoga mezbonlik qilgan, bag‘ridan joy bergan Kobul shahridagi oliy ta’lim dargohlarida faoliyat yuritgan olima Shafiqa Yorqin Bobur ijodi bo‘yicha ochiq ma’ruza darsi o‘tdi. Ma’lumki, olima Bobur va uning avlodlari ijodini maxsus o‘rgangan.  "Zahiriddin Muhammad Bobur. Devon" (1983), "Nodira va uning she’rlari" (1986), “Mir Alisher Navoiy" (hamualliflikda, 1995), "Bobur manguligi" (hamualliflikda,1993), "Komron Mirzoning hayoti va ijodi" (1999) , "Shoh G‘arib Mirzo G‘aribiy, Devon” (2001), "Zahiriddin Muhammad Bobur. Devoni Takmilasi" (2004), “Boburnoma” (2007), “Yana korishguncha” (hikoyalari to‘plami, 2008), “O‘zbekcha-Forscha Izohli Lug‘at” (2009) kabi ko‘plab kitoblari nashr etilgan. 
Olima Bobur hayotiga doir boy ma’lumotlari bilan mazmunli ma’ruza qildi. Talabalar  o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi, yangi bilimlarga ega bo‘ldilar.