Yangiliklar

img
Wed, 10/23/2024 - 17:40

Sening tashabbusing – sening kelajaging uchun

Sening tashabbusing – sening kelajaging uchun mavzusidagi talaba-qizlar “Students GAP” loyiha doirasidagi uchrashuv tashkil etildi. 
2024-yil 23-oktabr kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent O‘zbek tili va adabiyoti universitetida “Yosh xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyatdagi rolini oshirish” mavzusidagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tadbirning maqsadi yosh xotin-qizlarni rivojlantirish, ularning jamiyatdagi o‘rnini kuchaytirish va tadbirkorlik qobiliyatlarini oshirishdan iborat. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Dilnoza KATTAXANOVA, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi  Yoshlar parlamenti raisi Shahnoza JOLDASOVA,  “Qizlar akademiyasi” loyihasi menedjeri Ruhsora SHAKIROVAlar  ishtirok etdilar. Uchrashuv davomida spikerlar yosh talaba qizlarga kerakli bilimlar va ko‘nikmalarni taqdim etish uchun bir qator qiziqarli va interaktiv ma'ruzalar o‘tkazadilar. Har bir spiker o‘z sohasidagi tajribasini va bilimini o‘rtoqlashib, ishtirokchilarga amaliy misollar keltirdi.
Shuningdek, “Qizlar akademiyasi” loyihasi Respublika bo‘ylab xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning kasbiy, shaxsiy va intellektual rivojlanishiga yo‘naltirilgan yagona interaktiv onlayn platforma sifatida taqdim etiladi. Platforma orqali chekka hududlarda istiqomat qilayotgan xotin-qizlar uchun hunarmandchilik, tadbirkorlik, shaxsiy salomatlik, psixologiya, huquqiy savodxonlik va IT sohasida zamonaviy kasblarga onlayn tarzda o‘qitish metodikasi bo‘yicha maruzalar va taqdimotlar o‘tkazildi.

  

Uchrashuv davomida ko‘tarilgan masalalar yuzasidan savol-javob jarayonlari bo‘lib o‘tadi. Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan bevosita spikerlarga murojaat qilib, kerakli javoblarni olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Tadbirda 200 nafar talaba qizlar ishtirok etdi.