Yangiliklar

img
Mon, 10/30/2023 - 17:51

Sayyor va shaxsiy qabullar tashkil etiladi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 9-oktabrdagi yig‘ilish bayoni 19-bandining ijrosi yuzasidan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida tizilli ishlar amalga oshirildi. Xususan, universitet rektori Sh.Sirojiddinov, universitet psixologi N.M.Norova hamda Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash, nazorat va monitoring bo‘limi boshlig‘i A.R.Umurzakova bilan hamkorlikda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bo‘yicha sayyor va shaxsiy qabullarni tashkil etish, murojaatchilarning universitet faoliyatining barcha sohalariga oid bo‘lgan murojatlarini o‘rnatilgan tartibda ko‘rib chiqish va imkon qadar ijobiy hal etishga kelishildi.
Yig‘ilish bayonining 19-bandi ijrosi yuzasidan universitet rektori va psixologi bilan hamkorlikda jismoniy va yuridik shaxslarning murojatlarining joyida ijobiy hal etish bo‘yicha reja grafik ishlab chiqildi. 
Universitet jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bo‘yicha har oyda bir marotaba oxirgi xaftaning juma kuni universitetning A-blokidagi 429-xonada kunida qabul tashkil etish belgilandi.

Reja grafik bilan tanishing.