Yangiliklar

img
Wed, 10/16/2024 - 21:32

Savodxonlik sari

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi hamkorligida 2024-yil 16-oktabr kuni soat 11:00 da oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida “O‘zbekiston kelajagi savodxon yoshlar qo‘lida” shiori ostida “Ommaviy diktant” aksiyasi o‘tkazildi. Unda universitetimiz talabalari ham faol ishtirok etdilar.
“Ommaviy diktant” aksiyasi – aholi, ayniqsa, yoshlar orasida yozma savodxonlik madaniyatini keng targ‘ib qilish, o‘zbek tiliga nisbatan hurmat hissini kuchaytirish, uning ijtimoiy mavqeyini mustahkamlash hamda o‘zbek tili ta’limini takomillashtirishga qaratilgan ijtimoiy-ta’limiy aksiya hisoblanadi. 
Mazkur aksiyada imlo savodxonligi bo‘yicha o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazish istagida bo‘lgan talabalar ishtirok etishdi. 
Diktant www.tilbilig.uz platformasi orqali oʻtkazildi.

 

Aksiyada ishtirok etish istagida bo‘lgan xohlovchilar mazkur saytda oldindan ro‘yxatdan o‘tishdi.
Til madaniyati va savodxonlikni o‘z ko‘rkingizga aylantiring! Aksiyada ishtirok eting! Shu kichik xizmatingiz tilimiz rivojida katta hissa bo‘lib qo‘shilishiga, ona tili millatni birlashtiruvchi eng katta kuch ekanligiga ishoning!