Yangiliklar

img
Thu, 09/19/2024 - 16:37

Sardorlar saylandi

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida joriy yilning 18-sentabr kuni Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor G.Jurayeva, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i S.Eshbo‘riyevlar boshchiligida universitet tyutorlari, I va II sonli TTJ tarbiyachilari X.Hashimova va H.Pardayevlar tomonidan birgalikda yigʻilish oʻtkazildi. TTJlarga joylashgan talabalar uchun tartib-qoidalar tushuntirib o‘tildi. Eng faol talabalar orasidan qavat sardorlari hamda yotoqxona talabalar kengashi raislari saylab olindi. Shunqorova Tursunoy 1-TTJ ga esa Shaymardonova Shahribonu 2-TTJ ga talabalar kengash raisi etib saylandi. Shundan so‘ng birinchi bosqichga qabul qilingan yoshlarga shahar va universitet muhitiga hamda talabalik hayotiga tez moslashishlari uchun yoʻl-yoʻriqlar koʻrsatildi. Talabalar universitetda tashkil etilgan toʻgaraklar bilan ham tanishtirildi.