Yangiliklar

img
Thu, 06/19/2025 - 16:17

Saboxat bozorovaning dissertatsiyasi muhokamasi haqida e'lon

2025-yil 27-iyun kuni soat 10:00 da B blokdagi 210-auditoriyada “O‘zbek tilshunosligi” hamda “Tarjima nazariyasi va amaliyoti” kafedralarining qo‘shma yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. Unda Bozorova Saboxat Ramazonovnaning “O‘zbek, turk va rus tillaridagi ‘ot’ komponentli maqollarning lingvomadaniy xususiyatlari” mavzusidagi dissertatsiyasi muhokama qilinadi. Ushbu tadqiqot filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo‘yicha tayyorlangan.

Ilmiy rahbar: filologiya fanlari doktori, professor Z. Xolmanova.
Taqrizchilar:
– filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent M. Abdurahmanova
– filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent M. Qurbonova

Ilmiy jamoatchilik, doktorantlar va magistrantlar dissertatsiya muhokamasida faol ishtirok etishga taklif etiladilar.